Namanganda erkak xotinini oʻldirib, soʻng oʻz joniga qasd qildi
Toʻraqoʻrgʻon tumanida yashovchi 26 yoshli fuqaro 23 yoshli sobiq xotinini pichoqlab oʻldirdi. Shundan soʻng oʻziga ham pichoq urgan erkak shifoxonaga olib ketildi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

Tarmoqlarda Namangan davlat universiteti oldida yigit oʻzi sevgan qizini pichoqlab oʻldirib qoʻygani aytilgan videoxabar tarqaldi.
Bosh prokuraturaning xabar berishicha, voqea NamDU oldida bugun soat 12:00 larda qotillik jinoyati sodir etilgan. Toʻraqoʻrgʻon tumanidan yashovchi 26 yoshli erkak oʻzining 23 yoshli turmush oʻrtogʻini xoʻjalik pichogʻi bilan qasddan oʻldirgan. Soʻng, u oʻziga bir necha marotaba pichoq bilan jarohat yetkazib, oʻz joniga suiqasd qilgan.
Shu vaqtda, voqea joyida boʻlgan fuqarolar tomonidan oʻz joniga suiqasd qilgan erkak shifoxonaga hushsiz holatda olib borilgan.
Aniqlanishicha, ushbu jinoyatni sodir qilgan shaxs turmush oʻrtogʻi bilan 2022 yilning yanvar oyidan buyon oʻzaro oilaviy janjal sababli ajrashib, birga yashamasdan kelgan.
Shundan soʻng, u turmush oʻrtogʻini oʻzi bilan birga yashashga majbur qilib, asossiz rashk qilib kelgan holda bir necha marotaba janjallashib yurgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi (Qasddan odam oʻldirish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.
Tergov harakatlari olib borilmoqda.