Ming yillik anʼana: Angliya yangi qiroli toj kiydi
Bugun Britaniyada qirol Charlz IIIga toj kiydirish marosimi boʻlib oʻtdi. Ushbu anʼana 1000 yildan ortiq vaqt davomida saqlanib kelmoqda.

Bu voqea oxirgi marta 1953 yilda sodir boʻlgandi. Oʻshanda Yelizaveta qirolicha boʻlgandi. U eng uzoq vaqt taxtda oʻtirgan hukmdor sifatida tarixda qoldi va oʻtgan yili vafot etdi.

Charlz III Buyuk Britaniya va birlashgan qirollik mamlakatlariga sodiqligini aytib, qasamyod qildi. Yangi monarx barcha dinlar tengligini tan olib, rahm-shafqat va Anglikan cherkovini qoʻllab-quvvatlashga chaqirdi.
Vestminster abbatligidagi bu marosimga 200 dan ortiq davlatdan 2000 dan ortiq mehmonlar taklif etilgan.
