Kremlda Gʻalaba bayrami ziyofati oʻtkazilmaydi
Rossiya Federatsiyasi Prezidentining matbuot kotibi Dmitriy Peskovning bayonot berishicha, bu yil Kremlda 9 may - Gʻalaba bayrami munosabati bilan anʼanaviy tantanali qabul oʻtkazilmaydi.

Bu yilgi Gʻalaba bayramida ziyofat oʻtkaziladimi, degan savolga Peskov “Yoʻq”, deya qisqa javob bergan. Kremlning bosh xabarchisi boshqa tafsilotlarni ochiqlamagan.
Odatda har yili 9 may kuni Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Ikkinchi jahon urushi veteranlari bilan ziyofat stoli atrofida uchrashar edi. Bunday qabul oxirgi marta 2019 yilda oʻtkazilgan.
Bundan tashqari Putin Kreml saroyida uyushtirilgan qabulda Moskvadagi paradni tomosha qilishga kelgan davlat rahbarlari bilan ham uchrashar edi.
Ammo 2020 yilda Rossiya Ukrainaga bostirib kirganidan keyin, bunday jamoat tadbirlariga chek qoʻyildi. Ayrim ekspertlarning fikricha, u hozir juda qoʻrqoq boʻlib qolgan, hech kimga ishonmaydi. Shuning uchun qoʻl ostidagi va qattiq tekshiruvdan oʻtgan odamlar bilan bilan ham 10-15 metr masofadan turib gaplashadi.
Ayniqsa kim uyushtirgani munozarali boʻlib turgan voqea – Kremlga dronlar hujumi Rossiya prezidenti juda yaxshi bahona boʻladi. Toʻgʻrida, xudoning bergan kuni toming tepasida dronlar uchib yursa, insoniyligini yoʻqotmagan hamma odam seni “agressor”, deb yomon koʻrsa, seni deb yuz minglab rossiyalik Ukrainada bekordan-bekorga oʻlib ketayotgan boʻlsa, koʻngilga bayram koʻngilga sigʻarmidi?!.