Koʻpchilik intiqlik bilan kutgan dam keldi
Green Card lotereyasining natijalari eʼlon qilindi.

Shunday sanalar boʻladiki, uni barcha bayramlar, hatto tugʻilgan kunidan ham koʻproq orziqib kutishadi. Bugun shunday sana – Green Card lotereyasining natijalari eʼlon qilinadigan kun.
Oʻtgan yili 5 oktabrdan 8 noyabrgacha maxsus saytda anketa toʻldirganlar bugun – 6 maydan boshlab omadlari kelgan-kelmaganini bilib olishlari mumkin.
Anketangiz yutganini bilish uchun lotereyaning rasmiy sayti https://dvprogram.state.gov/ da quyidagi maʼlumotlarni kiritib tekshirib koʻrasiz:
- Confirmation Number – lotereyaga ariza bergan qatnashchining raqami;
- Lotin yozuvidagi ism-familiya;
- tugʻilgan sana.
Bugun tekshirib koʻrish jarayoni biroz qiyin kechishi mumkin. Chunki butun dunyodan talabgorlar ayni shu daqiqalarda tekshirib koʻrishga oshiqishgani bois sayt serverlari zoʻriqishi mumkin. Shunchaki biroz vaqt oʻtib yana kerakli maʼlumotlarni kiritib koʻrish kerak. Hammaga omad!