Jizzaxlik oʻquvchi 20 million soʻmlik pul mukofoti sovrindori boʻldi
Shuningdek, u 38 million soʻmlik grant, medal va boshqa sovgʻalarni ham qoʻlga kiritdi.
"Yangi Oʻzbekiston" universiteti tomonidan oʻtkazilgan "Buyuk allomalar izidan" nomli olimpiadaning kimyo fanidan final bosqichida jizzaxlik Muqaddas Ismoilova mutlaq gʻoliblikni qoʻlga kiritdi.
Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi xabariga koʻra, unga 20 million soʻm pul mukofoti, 38 million soʻmlik grant, medal va boshqa sovgʻalar taqdim etildi.
Shuningdek, yurtimizning Buxoro, Samarqand va Namangan kabi viloyatlaridan kelgan 10 nafar ishtirokchilar ham kumush va bronza medali sohibi boʻlishdi. Ularga ham 2 million soʻmdan pul mukofoti va "Yangi Oʻzbekiston" universitetida tahsil olishlari uchun 38 million soʻmlik grantlar taqdim etildi.