FIFA prezidenti Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasiga tashrif buyurdi
Ayni vaqtda Oʻzbekistonda boʻlib turgan FIFA prezidenti Janni Infantino "Grassroots" futbol festivalida ishtirok etish uchun mamlakatimiz Futbol assotsiatsiyasida boʻlib turibdi.

FIFA prezidenti Janni Infantino "Grassroots" futbol festivalida ishtirok etish uchun Oʻzbekiston Futbol assotsiatsiyaga keldi.
Janni Infantinoni OʻFA prezidenti Abdusalom Azizov, vitse-prezident Ravshan Irmatov va Odil Ahmedov hamda Yoshlar siyosati va sport vaziri Adham Ikromovlar kutib oldi.
Shuningdek, FIFA prezidenti viloyat futbol assotsiatsiyalari vitse-prezidentlari bilan ham uchrashdi.