platina.uz
Jahon

Eron hukumati Shvetsiya fuqarosini osib oʻldirdi

Eronda Shvetsiya-Eron fuqaroligiga ega siyosiy dissident osib oʻldirildi. Unga 2018 yildagi harabiy paradda hujum qilishi oqibatida 28 fuqaro oʻlgan arab boʻlgilanchilari guruhiga rahbarlik qilish aybi qoʻyilgan, deya xabar berdi Eron davlat televideniyesi.

Eron hukumati Shvetsiya fuqarosini osib oʻldirdi

Xabib Farajullo Shaabga Eroning shia qonunlari boʻyicha eng ogʻir jinoyat hisoblanuvchi “yerda korrupsiyaga yoʻl qoʻyish” aybi qoʻyilgan.

2022 yilda Eron Shaabni Eronning janubi-gʻarbidagi neftga boy Xuziston viloyatida mustaqil davlat yaratishga urinayotgan boʻlginchi arablarga yordam berishda hamda “koʻplab portlash va terrorchilik amaliyotlari” oʻtkazishda ayblab sudga tortgandi.

Bundan avvalroq, 2020 yilda esa Eron rasmiylari mamlakat xavfsizlik kuchlari Shaabni qoʻshni Trukiyada ushlab, Eronga olib kelishganini xabar bergandi. Ammo bu qonuniy qoʻlga olish boʻlganmi yoki qonunga zid oʻgʻirlashmi, bu boradagi tafsilotlar ochiqlanmagan.

Shvetsiya Tashqi ishlar vaziri Tobias Bilstryom Shaabning qatl etilganiga “xavotirli” munosabat bildirdi. Uning hukumati Erondan Shaabga chiqarilgan oʻlim hukmi ijro etmasligini “yolvorib” soʻraganini maʼlum qildi.

"Oʻlim jazosi — bu noinsoniy va va toʻgʻirlab boʻlmaydigan xato hisoblanadi. Shvetsiya ham, Yevropa Ittifoqining boshqa davlatlari kabi, har qanday sharoitda ham oʻlim jazosini qoʻllamaslik tarafdoridir”, degan Tobias Bilstryom.

Taʼkidlash kerak, Erondagi shia hukumati mamlakatdagi milliy ozchiliklarning huquqlarini toptab keladi. Jumladan, arablar, kurdlar, ozarbayjonlar shia hukumatining bunday noislomiy, adolatsiz va toqatsiz munosabatidan azob chekib kelishmoqda. Biroq shia hukumati doim bu ayblovlarni rad etadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid