Davlat tashkilotlari tizimida ish yuritishga qabul qilingan 15 ta hujjat loyihasida 49 ta korrupsiyaviy omil aniqlandi
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining 2023 yil aprel oyidagi faoliyati natijalari eʼlon qilindi.

Jumladan, Agentlik davlat tashkilotlari tizimida ish yuritishga qabul qilingan 24 ta normativ-huquqiy hujjat loyihasi korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazib, ularning 15 tasida 49 ta korrupsiyaviy omil aniqladi.
Shuningdek, korrupsiya holatlari eng koʻp uchrayotgan yoʻnalish - davlat xaridlari boʻyicha vaziyat ham Agentlikning sinchkov nazorati ostida turibdi. Mazkur yoʻnalish va boshqa sohalarda oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasi boʻyicha vazirlik hamda idoralarga 12 ta (14,1 mlrd soʻmlik) taqdimnoma, davlat moliyaviy nazorat inspeksiyasiga 8 ta (35 mlrd soʻmlik) soʻrovnoma, huquqni muhofaza qiluvchi organlarga 6 ta (5,5 mlrd soʻmlik) soʻrovnoma yuborildi.