platina.uz
Jamiyat

Abituriyentlar bu yil qanday imtihon topshirishi maʼlum boʻldi

OTMlarning bakalavriatga kirish uchun testlar soni va baholash mezonlari tasdiqlandi.

Abituriyentlar bu yil qanday imtihon topshirishi maʼlum boʻldi

Respublika oliy taʼlim muassasalarining bakalavriat taʼlim yoʻnalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.

Bunda mezonlar oʻtgan yilgi qabuldagidek oʻzgarishsiz qoldirildi.

Unga koʻra:

Barcha uchun majburiy 3 ta fan:

  • Ona tili (oʻzbek, rus, qoraqalpoq v.b. tillar) 10 ta;
  • Matematika 10 ta;
  • Oʻzbekiston tarixi 10 ta.
  • 30 ta savol uchun 1.1 balldan jami 33 ball.

Bakalavriat taʼlim yoʻnalishiga mos boʻlgan 2 ta fan:

  • 1-fan 30 ta savol (har biri 3.1 balldan 93 ball);
  • 2-fan 30 ta savol (har biri 2.1 balldan 63 ball).
  • 60 ta savol jami 156 ball.

2023/2024 oʻquv yilida abituriyentlarga 5 ta fandan jami 90 ta test beriladi. Maksimal ball 189 ballni tashkil etadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid