Umra safariga joʻnatishni vaʼda qilgan firibgarga chora koʻrildi
Voqea tafsilotlariga koʻra, 27 yoshli fuqaro 47 nafar fuqaroni Umra safariga joʻnatishda yordam berishni vaʼda qilib, buning uchun jami 55.250 AQSh dollarni qoʻlga kiritib odamlarni chuv tushirgan. Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi fuqarolardan muammo va masalalar yuzasidan faqatgina vakolatli organlarga murojaat qilishni soʻramoqda.

Mirobod tumani IIO FMBga kelib tushgan xabarga koʻra, joriy yilning aprel oyida 27 yoshli Mirzahakim M. 43 yoshli Farrux M.dan 47 nafar fuqaroni umra safariga joʻnatishda yordam berishni vaʼda qilib, buning uchun jami 55.250 AQSh dollari olgan. Biroq, erkak vaʼdasini bajarmay pullarni oʻz ehtiyojlari uchun sarflab yuborgan.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (“Firibgarlik”) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Tergov davom etmoqda.
Toshkent shahar ichki ishlar bosh boshqarmasi fuqarolardan muammo va masalalar yuzasidan faqatgina vakolatli organlarga murojaat qilishni soʻramoqda.




