Toshkentdan Nukus, Urganch, Buxoro, Qarshi va Samarqandga aviachiptalar ikki baravarga arzonlashadigan boʻldi
Prezident imzolagan qarorga koʻra, 2023 yil 1 maydan ayrim mahalliy aviaqatnovlar narxi amaldagidan ikki baravargacha arzonlashadi, baʼzi yoʻnalishlarda esa aviareyslar muntazam qatnay boshlaydi.

2023 yil 1 maydan Fargʻona, Namangan yoki Andijondan Buxoro, Samarqand, Termiz, Urganchga, shuningdek, Termiz – Nukus, Samarqand – Urganch, Buxoro – Urganch, Fargʻona – Urganch kabi yoʻnalishlar boʻyicha muntazam aviareyslarni yoʻlga qoʻyiladi. Toshkentdan Nukus, Urganch, Buxoro, Qarshi va Samarqandga aviaqatnovlarni yoʻlga qoʻyib, amaldagidan ikki baravargacha arzon tariflar joriy etiladi.
