“Sayohat barcha uchun!”
500 nafar nogironligi boʻlganlar uchun ham!
Bugun xalqaro hamjamiyat Nogironlarning huquqlari uchun kurash kunini nishonlamoqda. Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslar huquqlarini kafolatlovchi yana bir tartib joriy qilinmoqda.

Yaʼni nogironligi boʻlgan shaxslar uchun respublika boʻylab sayohatlar tashkil etish maqsadida Madaniyat va turizm vazirligining “Sayohat barcha uchun!” loyihasi doirasida 500 nafar nogiron uchun sayohatlar tashkil etiladi.
Prezidentning “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorida shu kabi koʻplab ezgu tashabbuslar belgilab berilgan.
