“Qamchiq” orqali turistik mikroavtobus qatnoviga 1 maydan ruxsat berildi
Bu boʻyicha Prezident qarori imzolandi.

Qarorga koʻra, 2023 yil 1 maydan boshlab yoʻl harakati xavfsizligi qoidalariga rioya qilgan holda Qamchiq dovoni orqali yoʻlovchilarni tashishda foydalaniladigan va haydovchidan tashqari 14 gacha oʻrindiqqa ega transport vositalariga ruxsat berildi.
Bunda quyidagi talablar qoʻyildi:
▪️faqat 1 apreldan 1 noyabrga qadar boʻlgan davrda kunduzi;
▪️ishlab chiqarilganiga 3 yildan oshmagan va gaz ballon uskunalari oʻrnatilmagan;
▪️sekinlashtiruvchi uskunasi (togʻ tormozi) mavjud boʻlgan;
▪️harakatni kuzatish navigatsiya qurilmasi va taxograf oʻrnatilgan;
▪️transport vositalarida kamida 7 yil staji bor haydovchilarga litsenziya mavjud boʻlishi shart.
Bu mikroavtobuslar faqat turistlarni tashish uchun moʻljallangan boʻlishi kerak.
Avvalroq, Prezident turizm salohiyatini jadal rivojlantirish borasidagi videoselektor yigʻilishida bu haqda maʼlum qilgandi.
