platina.uz
Siyosat

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro futbol federatsiyasi rahbari bilan uchrashdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro futbol federatsiyasi rahbari Janni Infantino bilan bugun oʻtkazgan uchrashuvda mamlakatimizda futbolni ommalashtirish va yirik tadbirlarni birgalikda oʻtkazish masalalari koʻrib chiqildi. Prezident uchrashuvda mamlakatimizda FIFAning yirik tadbirlarini oʻtkazishni taklif etdi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev Xalqaro futbol federatsiyasi rahbari bilan uchrashdi

Nufuzli global sport tashkiloti rahbari mamlakatimizda futbolni rivojlantirish, unga yoshlar va qizlarni keng jalb qilish, isteʼdodlarni tarbiyalash, ommabop va zamonaviy infratuzilmani yaratish, malakali murabbiylar va soha mutaxassislarini tayyorlash boʻyicha olib borilayotgan islohotlarni yuksak baholadi va toʻliq qoʻllab-quvvatladi.

Janni Infantino Oʻzbekiston yetakchisini yoshlar terma jamoamiz yaqinda Osiyo Kubogida gʻalaba qozongani bilan samimiy tabrikladi. Bu sohada amalga oshirilayotgan amaliy ishlar samaradorligining navbatdagi tasdigʻi ekanini taʼkidladi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi va FIFA oʻrtasidagi yaqin va sermahsul hamkorlik yuksak darajada ekani, uning doirasida bugungi kunda mamlakatimizda zamonaviy futbol klasterini tashkil etish choralari koʻrilayotgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi.

Oʻzbekistonda jahon miqyosidagi sport tadbirlari va birinchiliklariga tayyorgarlik koʻrish va oʻtkazish, milliy terma jamoani tayyorlash, infratuzilmani rivojlantirish va Assotsiatsiyamiz salohiyatini oshirishga texnik koʻmakni kengaytirish hamda iqtidorli futbolchilarni seleksiya qilish tizimini ishlab chiqish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid