“Oʻzbekiston kambagʻallikka qarshi kurash boʻyicha oyning eng yaxshi mamlakati” – global tadqiqot markazi
Yil boshidan beri Kambagʻallikka qarshi kurash boʻyicha global tadqiqot markazining Yevropa byurosi (J-PAL) kambagʻallikka qarshi kurashayotgan eng yaxshi mamlakatlar sifatida Italiya, Germaniya va Ispaniyani eʼlon qilgan edi.

Kambagʻallikka qarshi kurash boʻyicha global tadqiqot markazining Yevropa byurosi (J-PAL) Oʻzbekistonni oyning eng yaxshi mamlakati, deb eʼlon qildi.
"May oyida bizning eʼtiborimiz Oʻzbekistonga qaratildi, u yerda J-PAL Europe kambagʻallikni qisqartirish amaliy maʼlumotlarni jalb etish imkoniyatlarini oʻrganmoqda", - deyiladi J J-PAL Europe byurosi bayonotida.
Bunda Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi ekspertlari bilan hamkorlikda kambagʻallikka qarshi kurash boʻyicha ilk davlat dasturlarining samaradorligi hamda ularning aholi real daromadlari oʻsishini taʼminlashga va kambagʻallikni qisqartirishga taʼsiri boʻyicha oʻtkazilgan qoʻshma tadqiqotlar ham sabab boʻlgan albatta.
Qayd etish joiz, J-PAL – kambagʻallikka qarshi kurash boʻyicha global tadqiqot markazining Yevropa, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerika, Yaqin Sharq, Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyodagi yetakchi universitetlarida 7 ta hududiy vakolatxonasi mavjud. Tashkilotda 400 dan ziyod mutaxassis ishlaydi. U dunyo boʻylab 300 ga yaqin professor-oʻqituvchilar bilan yaqin hamkorlik oʻrnatgan. Shu paytgacha tashkilot 91 ta mamlakatda mingdan ziyod tadqiqot oʻtkazgan.
