"Nukus voqealari" boʻyicha 20 nafar ayblanuvchining ishiga oid apellyatsiya tartibida ochiq sud boshlandi
Ayni paytda 2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblanganlardan 16 nafarining himoyachilari kiritgan shikoyat, 4 nafari boʻyicha esa prokuratura keltirgan protestga asosan ish Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida apellyatsiya tartibida koʻrib chiqilmoqda.

2023 yil bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining 2023 yil 31 yanvardagi hukmi ustidan sudlanuvchilar D. Tadjimuratov, P. Shamshetov (marhum), S. Kalimov, S. Kaipov, A. Temirxanov, S. Medetov, N. Sultamuratov, A. Tokыmbetov, R. Bekmuratov, B. Seytniyazov, A. Adilbekov, P. Nurniyazov, N. Nayыpov, B. Kadirbergenov, D. Djiyemuratov, Q. Seytimov va ularning himoyachilari tomonidan kiritilgan shikoyati hamda prokuratura tomonidan hukmning sudlanuvchilar L. Kallыxanova, A. Turdanov, A. Smetullayev va A. Nuratdinovga oid qismiga nisbatan keltirilgan protest asosida mazkur jinoyat ishining ushbu sudlanuvchilarga oid qismi Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida apellyatsiya tartibida koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni boshlandi. Jarayon 10 kun davom etishi maʼlum qilindi.
platina.uz muxbiri jarayonni kuzatmoqda.
