platina.uz
Jamiyat

Haj safarini amalga oshirgan ayollar oʻgʻirlik qilgani rostmi?

Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi “Xorazm viloyatida yashovchi bir guruh ayollarning Haj safarini amalga oshirish paytida oʻgʻirlik sodir etishganligi toʻgʻrisida” tarqalgan xabarlar boʻyicha birlamchi tafsilotlarni maʼlum qildi.

Haj safarini amalga oshirgan ayollar oʻgʻirlik qilgani rostmi?

Soʻnggi kunlarda telegram messenjeridagi turli guruh va sahifalarda Xorazm viloyatida istiqomat qiluvchi uch nafar xotin-qizlarning “haj safariga borgan paytida Makka shahrida barcha musulmonlar namozga ketgan vaqtida uch ayol boʻlib, doʻkondan tilla taqinchoqlarni oʻgʻirlaganliklari, Arabistonga kelsa, oʻgʻirlik qilganliklari uchun qoʻlini chopishlari, kelmasa kallasini chopib Arabistonga olib borishlari toʻgʻrisida”gi ovozli xabarlar keng tarqaldi.

Mazkur ovozli xabarda nomlari keltirib oʻtilgan fuqarolarning Xorazm viloyati Ichki ishlar boshqarmasiga qilgan murojaatiga asosan olib borilgan tekshiruvlar natijasida ushbu ovozli xabarlarni tarqatgan shaxslar aniqlandi.

“Dastlabki surishtiruvlar jarayonida ular ushbu ovozli xabarlarni hech qanday asossiz tarqatishganligi maʼlum boʻldi. Hozirgi paytda ovozli xabarlarni tarqatgan shaxslarning xatti-harakatlari yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda” demoqda Xorazm viloyati ichki ishlar boshqarmasi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Umra safariga joʻnatishni vaʼda qilgan firibgarga chora koʻrilgan.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid