platina.uz
Jahon

Anqarada Qora dengiz iqtisodiy hamkorligi Parlament Assambleyasi sammitida Ukraina va Rossiya delegatlari oʻrtasida kichik toʻqnashuv yuz berdi

Rossiya bosqinidan soʻng jang maydonlarida boshlangan qarama-qarshilik, afsuski, iqtisodiy va madaniy tadbirlar sahniga ham koʻchmoqda.

Anqarada Qora dengiz iqtisodiy hamkorligi Parlament Assambleyasi sammitida Ukraina va Rossiya delegatlari oʻrtasida kichik toʻqnashuv yuz berdi

Qora dengiz iqtisodiy hamkorligi Parlament Assambleyasi sammitida Rossiya vakili Olga Timofeyevaning nutqi chogʻida Ukraina delegatsiyasi uning ortida turib Ukraina bayrogʻini tutib turgan holda Rossiyaning bosqinchiligini qoralaydigan soʻzlar aytishdi.

Rossiya delegatsiyasi ukrainaliklarning bu harakatiga chek qoʻyish maqsadi ularga eʼtiroz bildirishi dahanaki jangga aylanib ketdi.

Sammitga rahbarlik qilayotgan Turkiya Buyuk Millat Majlisi spikeri Mustafo Shentop vaziyatga aralashib, sammitda barchaga soʻz berilishini, kimki tartibga amal qilmasa, toʻpolonni bemalol koʻchada davom ettirishi mumkinligini bildirdi.

Bundan xafa boʻlgan Ukraina delegatsiyasi rahbari Anna Purtova Timofeyevaning nutqi davomida norozilik sifatida davrani vaqtincha tark etdi.

Sammitdan soʻng esa Rossiya deputati Olga Timofeyeva jurnalistlarga vaziyat boʻyicha izoh berayotganida ukrainalik xalq vakili Aleksandr Marikovskiy yana uning orqasiga turib olgan va Ukraina bayrogʻini koʻtarib shiorlarini ayta boshlagan.

Bunga javoban esa Rossiya delegatsiyasi kotibi Valeriy Stavitskiy deputatning qoʻlidagi bayroqni tortib olgani bois, ikkovlon yana janjal koʻtarishgan.

Tavsiya etamiz

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid