platina.uz
Jahon

Ukraina dronlar hujumiga aloqasini yoʻqligini bildirdi

Ukraina prezidentining yuqori martabali vakilining bayonot berishicha, Kremlga dronlar vositasida qilingan hujumga Kiyevning aloqasi yoʻq.

Ukraina dronlar hujumiga aloqasini yoʻqligini bildirdi

Vakilning tushuntirishicha, bunday harakatlar Ukraina uchun jang maydonida hech qanday foyda bermaydi va Kremlni yanada keskinroq qarorlarga undaydi xolos.

Prezident maslahatchisi Mixail Podolyak Reuters agentligiga bergan izohlarida bildirishicha, Kremlning “bu hujum ortida Ukraina turibdi” deya bayonot berishi va ehtimoliy ukrain diversantlarini qamoqqa olishi Moskvaning Ukrainaga qarshi yirikroq “terrorchilik” hujumlariga tayyorlanayotganidan darak beradi. Yaʼni bu hujumlar shunchaki bahona yasash uchun Kremlning oʻzi tomonidan sahnalashtirilgan boʻlishi mumkin. "Albatta bu hujumlarga Ukrainaning hech qanday aloqasi yoʻq. Biz Kremlga hujum qilmaymiz. Chunki bu hech qanday harbiy vazifalarni hal qilib bermaydi", - degan Podolyak.

Eslatamiz, chorshanba kuni Kremlga tunda dronlar yordamida hujum qilingan va Rossiya bunda Ukrainani ayblab, “bu hujum prezident Vladimir Putinga suiqasd” deya baho bergandi.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid