platina.uz
Jamiyat

Toshkentda ayol kishi oʻzini yoqib yubordi

Poytaxt IIBB bu haqda maʼlumot berdi.

Toshkentda ayol kishi oʻzini yoqib yubordi

Tarmoqlarda nomaʼlum ayol ustiga benzin sepib oʻzini yoqib yuborganligi aks etgan video tarqaldi.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB quyidagilarni maʼlum qildi.

2 may kuni taxminan soat 10-00 larda Olmazor tumani, Qora-Qamish 2/4 dahasidagi savdo doʻkonlaridan birining oldida, 1981 yilda tugʻilgan D.Q. bir nechta fuqarolar bilan savdo qilish uchun joy talashgan. Soʻngra oʻzaro kelisha olmay janjallashib, oʻzini noodatiy tutgan holda norozichilik bildirib, yonida boʻlgan yelim idishdagi benzinni ustiga quyib, oʻzini-oʻzi yoqib yuborgan.

Natijada, ayol yuzi, ikkala qoʻllari, tanasi oldi qismining 35 % termik kuyishi tashxisi bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, oʻtkazilgan birlamchi surishtiruv davomida, D.Q. bundan oldin ham fuqarolar bilan savdo qilish uchun joy talashib janjallashganligi hamda bir necha marotaba oʻzini yoqish holatlarini sodir etishga harakat qilganligi, biroq xodimlar tomonidan buning oldi olinganligi aniqlandi.

Mazkur holat yuzasidan Olmazor tumani prokuraturasi tomonidan tekshiruv oʻtkazilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid