platina.uz
Jahon

Respublikachilar prezident Baydenni korrupsiyada aloqadorlikda ayblashdi

AQSh Kongressidagi ikki respublikachi FTB va Adliya vazirligidan goʻyo Baydenning jinoiy sxemaga aloqadorligi haqidagi maʼlumotlarni ochiqlashni soʻradi.

Respublikachilar prezident Baydenni korrupsiyada aloqadorlikda ayblashdi

Ikki nafar respublikachi kongressmen – Vakillar palatasi nazorat boʻyicha qoʻmitasi raisi Djeyms Komer hamda senator Chak Gressli – AQSh bosh prokurori Merrik Garland va FTB direktori Kristofer Reyga ochiq xat yoʻllashdi.

Ular AQSh prezidenti Jo Baydenning vitse-prezidentlik paytida korrupsion sxemalarga aralashgan boʻlishi mumkinligi haqida anonim maʼlumot olganini taʼkidlamoqda.

Anonim xabarchining maʼlum qilishicha, FTB va Adliya vazirligi ixtiyorida maxfiy boʻlmagan FD-1023 hujjati boʻlib, unda bir xorijlik shaxs pul evaziga Baydendan muhim siyosiy qaror olishga erishgani aks ettirilgan.

Oq Uyning rasmiy vakili Yan Sems respublikachilarni "anonim insinuatsiyalar”da aybladi va bu holatni Respublikachilar partiyasining Bayden va uning oilasiga nisbatan davomiy surishtiruvlari bilan bilan bogʻladi.

Qayd etish joiz, Vakillar palatasi nazorat boʻyicha qoʻmitasi raisi Djeyms Komer Bayden oilasini muntazam ravishda korrupsiyada ayblab keladi.

Komerning bu galgi murojaati – Baydenning oilasi emas, balki uning shaxsan oʻziga nisbatan surishtiruvlar oʻtkazishni talab qilgan birinchi urinishi hisoblanadi, deb yozgan Politico nashri.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid