platina.uz
Jamiyat

DXX uchta viloyatda yerni sotish bilan bogʻliq firibgarliklarni fosh etdi

Firibgar kadastrdagi tanishlari orqali ishni hal qilishni iddao qilgan.

DXX uchta viloyatda yerni sotish bilan bogʻliq firibgarliklarni fosh etdi

Davlat xavfsizlik xizmati Qashqadaryo, Samarqand va Sirdaryoda tezkor tadbir oʻtkazdi.

Jumladan, Qarshi shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda Nishon tumanida yashovchi fuqaro oʻgʻlining nomida boʻlgan xususiy korxonaning 30 sotix yer maydonini xaridorga 100 ming AQSh dollariga sotishga kelishib, oldindan 30 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Samarqand tumanida yashovchi fuqaro oʻzining oʻgʻliga tegishli fermer xoʻjaligiga 2010 yil mahalliy hokimlik tomonidan ajratib berilgan yer maydonidan 15 gektarini xaridorga 15 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Guliston shahrida yashovchi fuqaroning nomida boʻlgan va dehqon xoʻjaligi uchun ajratilgan 10 sotix sugʻoriladigan yer maydonini, goʻyoki oʻziga tegishli ekanligini aytib, uning 5 sotixini kadastr tizimidagi tanishlari yordamida xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 7400 AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid