"Nukus voqealari" boʻyicha apellyatsiya tatibida ochiq sud 5 mayda boʻladi
2022 yil 1-2 iyul kunlari Nukus shahridagi ommaviy tartibsizliklarni sodir etganlikda ayblangan 22 nafar shaxsga nisbatan Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining hukmi eʼlon qilingandi.

2023 yil 5 may kuni soat 10.00 da Qoraqalpogʻiston Respublikasi sudining 2023 yil 31 yanvardagi hukmi ustidan sudlanuvchilar D. Tadjimuratov, P. Shamshetov (marhum), S. Kalimov, S. Kaipov, A. Temirxanov, S. Medetov, N. Sultamuratov, A. Tokыmbetov, R. Bekmuratov, B. Seytniyazov, A. Adilbekov, P. Nurniyazov, N. Nayыpov, B. Kadirbergenov, D. Djiyemuratov, Q. Seytimov va ularning himoyachilari tomonidan kiritilgan shikoyati hamda prokuratura tomonidan hukmning sudlanuvchilar L. Kallыxanova, A. Turdanov, A. Smetullayev va A. Nuratdinovga oid qismiga nisbatan keltirilgan protest asosida mazkur jinoyat ishining ushbu sudlanuvchilarga oid qismi Oliy sudning Jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼatida apellyatsiya tartibida koʻrib chiqish boʻyicha ochiq sud jarayoni boshlanadi.
Eslatib oʻtamiz, “Nukus voqealari” boʻyicha 38 nafar guvoh soʻroq qilingani haqida xabar bergandik.