Messi Saudiyaga ruxsatsiz borgani uchun ikki haftaga oʻyindan chetlatildi
Fransiyaning "Pari Sen-Jermen" futbol jamoasi rahbariyati super yulduz hujumchi Lionelya Messini ikki haftaga oʻyindan chetlatgan. Messi klub ruxsatisiz Saudiya Arabistoniga reklama safariga chiqqani uchun shunday qaror qabul qilingan.

Xabarlarga koʻra, "PSJ" jamoasi yakshanba kuni oʻz uyida "Loryan"dan 3: 1 hisobida magʻlub boʻlganidan soʻng, 35 yoshli futbolchi Saudiya Arabistoniga uchib ketgan. Bu yerda futbol yulduzi rasman “turizm elchisi” hisoblanadi.
Oʻyindan chetlatish bepul boʻladi va Messi kelajakdagi oʻyinlarda - "PSJ"ning “Troya” va “Ayachcho” jamoalariga qarshi “Liga 1” oʻyinlarida maydonga tushmaydi. Lekin mavsumning oxirgi uchta oʻyini Messisiz oʻtmaydi.
Ayrim maʼlumotlarga koʻra, futbolchi joriy yilning iyun oyida - mavsum tugaganidan soʻng “PSJ” bilan shartnomani choʻzish niyatida emas.
Umuman, oxirgi paytlarda “PSJ” rahbariyati va Messi oʻrtasida munosabatlar ancha sovuqlashib ketgan. Oʻtgan yil dekabrda Messi Argentina terma jamoasiga Jahon kubogini olib bergan edi. Biroq shundan keyin futbol yulduzining “PSJ”dagi mahsuldorligi keskin tushib ketdi va muxlislarining haqli noroziligiga sabab boʻlmoqda.
Messining shartnomasi shu mavsum oxirida tugaydi. Biroq Messi maoshini qisqartirishlari evaziga shartnomani uzaytirish taklifini rad etgan. Shu bois Messi “PSJ”dan ketgach, qaysi jamoada toʻp surishi haqida turli taxminlar urchib bormoqda.
Aytishlaricha, Saudiya professional ligasi klublaridan koʻplab takliflar olgan. Shuningdek, uning Oliy futbol ligasiga oʻtishi va hatto yana “Barselona”ga – bir paytlar oʻz karerasini boshlagan va shuhratga erishgan klubga qaytishi ham muhokama qilingan.
Agar Messi biror Saudiya klubi bilan shartnoma imzolasa, bu mamlakatda oʻynayotgan yana bir buyuk futbolchi – Jahon Chempionatidan soʻng Ar-Riyodning “An-Nasr” klubiga oʻtgan Krishtianu Ronalduga raqobatchi boʻlishi mumkin.
Oʻtgan yili Messi Saudiya Arabistoning turizm boʻyicha elchisi sifatida taqdim etilgandi. Bu esa Messini qiyin ahvolga solib qoʻydi. Chunki uning vatani Argentina va Saudiya Arabistoni 2030 yilgi Jahon chempionatini oʻtkazishga daʼvogar raqobatchi davlatlar hisoblanadi.
Messi bir yilda 130 million daromad qiladi. Bu pullarning yarmini u maydondagi chiqishlari uchun, yarmini esa maydon tashqaridagi faoliyati uchun oladi. Messi bu koʻrsatkich bilan dunyodagi eng koʻp pul toʻlanadigan futbol yulduzi, yiliga 136 million dollar daromad qiladigan Ronaldudan keyingi oʻrinda turadi.