platina.uz
Siyosat

Urush qatnashchilariga 1,6 ming dollardan pul beriladi

Bu haqda 9 may — Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami arafasida imzolangan Prezident farmonida belgilandi.

Urush qatnashchilariga 1,6 ming dollardan pul beriladi

Mamlakatimizda 9 may – Xotira va qadrlash kuni umumxalq bayrami sifatida keng nishonlanishi, shuningdek, Ikkinchi jahon urushida halok boʻlgan ajdodlarimiz xotirasini abadiylashtirish, bugun ham safimizda turib, Vatanimizning obroʻ-eʼtiborini yuksaltirishga, yoshlarni maʼnaviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashga hissa qoʻshayotgan faxriylarni eʼzozlash hamda fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 78 yilligi munosabati bilan urush qatnashchilari va nogironlarini moddiy ragʻbatlantirish maqsadida Prezident farmoni imzolandi.

Farmonga koʻra, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlarining har biriga 18 million soʻm (salkam 1,6 ming dollar) miqdorida bir martalik pul mukofoti beriladi.

Sarf-xarajatlar davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan amalga oshirilishi belgilangan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid