platina.uz
Jamiyat

Poytaxtda “garmoshka” avtobusning “tomi” tushib ketishi ortidan masʼullar “hayfsan” oldi

“Toshshshahartransxizmat“ AJ  soʻnggi kunlarda jamoat transporti tizimida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlayotgan muammolar sabab bir qator tizim masʼullariga chora koʻrdi.

Poytaxtda “garmoshka” avtobusning “tomi” tushib ketishi ortidan masʼullar “hayfsan” oldi

Joriy yilning 1 may kuni, "Toshshshahartransxizmat" AJ boshqaruv raisi, oʻrinbosarlari va avtobus saroyi rahbarlari ishtirokida, soʻnggi kunlarda jamoat transporti tizimida yoʻl qoʻyilayotgan kamchiliklar, ijtimoiy tarmoqlarda muhokamalarga sabab boʻlayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tanqidiy muhokama yigʻilishi oʻtkazildi.

Yigʻilishda oʻziga biriktirilgan avtobusni ehtiyotsizlik bilan boshqargan avtobus haydovchisi T.N, shuningdek, oz xizmat vazifasiga masuliyatsizlik bilan yondoshgani, avtobuslar harakatini xavfsiz tashkil etish choralarini koʻrish boʻyicha haydovchilar oʻrtasida yetarli darajada yoʻriqnoma oʻtkazib tushintirish ishlarini olib bormaganligi, avtobuslardagi reklama bannerlarini joylashtirilishi va bartaraf etilishiga sovuqqonlik bilan yondoshganligi, hamda yoʻnalishlarga chiqariladigan avtobus va elektrobuslarning ish tartibini toʻgʻri tashkil etmaganligi sababli Avtobus saroyi masʼul xodimlariga qatʼiy chora koʻrilib, xodimlar bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinidi, xayfsan intizomiy chorasi koʻrildi. Jumladan:

"2-Avtobus saroyi" filiali direktori oʻrinbosari va harakat xavfsizligini nazorat qilish boʻlimi boshligʻi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi, filial direktoriga xayfsan intizomiy chorasi koʻrildi.
"1-Avtobus saroyi" filiali direktori oʻrinbosari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi, filial direktoriga xayfsan intizomiy chorasi koʻrildi.
"7-Avtobus saroyi" filiali direktori oʻrinbosariga xayfsan intizomiy chorasi koʻrildi. Reklama joylashtirish boʻyicha masʼul xodim bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

"1-, 2-, 5-, 7-, 8-, 12-, va 18-Avtobus saroyi" filiallari bosh muhandislariga xayfsan intizomiy chorasi koʻrildi.

Shuningdek, barcha avtobus saroyi rahbarlariga yoʻlovchilarni xavfsiz tashish va ularni oʻz manzilariga sogʻ-omon yetkazib qoʻyish eng oliy maqsadimiz ekanligi, yoʻlovchilar bilan xushmuomalada boʻlishlik, xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirish yuzasidan barcha haydovchilar oʻrtasida yana bir bor tushuntirish ishlari olib borilib, haydovchilar ustidan nazorat kuchaytirilishi yuzasidan qatʼiy topshiriqlar berib oʻtildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid