platina.uz
Siyosat

FVV boshqaruvi tarkibi yangilandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qarori bilan Favqulodda vaziyatlar vaziriga birinchi oʻrinbosar va oʻrinbosarlar tayinlandi.

FVV boshqaruvi tarkibi yangilandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qarori bilan polkovnik Zuparov Sanjar Taxirovich Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi oʻrinbosari – Shtab boshligʻi lavozimiga tayinlandi.

Zuparov Sanjar Taxirovich 1975 yilda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1996 yili Oʻzbekiston Respublikasi IIV Yongʻindan saqlash oliy texnik maktabini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bosh boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qarori bilan polkovnik Muxitdinov Muxtar Yashnarovich Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Muxitdinov Muxtar Yashnarovich 1973 yili Toshkent shahrida tugʻilgan. 1996 yili Toshkent davlat texnika universitetini, 2004 yili Oʻzbekiston Respublikasi Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qoʻllab-quvvatlash vazirining oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Qarori bilan polkovnik Alibayev Xurshid Narkazakovich Oʻzbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining oʻrinbosari lavozimiga tayinlandi.

Alibayev Xurshid Narkazakovich 1982 yilda Jizzax viloyatida tugʻilgan. 2003 yili Oʻzbekiston Milliy universitetini, 2015 yili Rossiya Federatsiyasi Fuqaro muhofazasi akademiyasini tamomlagan.

Tayinlovga qadar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshligʻi lavozimida ishlab kelgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid