Sudga shikoyat kelib tushmadi — Oliy sud
Bugun Oliy sud raisi oʻrinbosari Halilullo Toʻraxoʻjayev ishtirokidagi brifingda referendum paytidagi holatlar boʻyicha maʼlumot berildi.

Aytilishicha, referendum boshlangandan bugunga qadar sudlarga hech qanday shikoyat kelib tushmagan. Axborot va tashviqot materiallarini yoʻq qilish va shunga oʻxshash boshqa masalalar yuzasidan biror shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilmagan.
Shuningdek, soxta imzo, erkin ishtirokka zoʻrlik ishlatish, aldov va boshqa shunga oʻxshash jarayonlar haqida sudlarga murojaat kelib tushmagan.
Biror shikoyat boʻlsa, qonunchilikka muvofiq, 5 kun ichida murojaat qilishlari mumkin.