platina.uz
Jamiyat

Qoʻqonda talabalar turar joyi qurilishida meʼyorlar buzilgani fosh boʻldi

Qurilish talabi buzilganligi uchun "Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida"gi kodeksning 99-moddasi 1-bandi boʻyicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va  obektda qurilish-montaj ishlari toʻxtatildi.

Qoʻqonda talabalar turar joyi qurilishida meʼyorlar buzilgani fosh boʻldi

Fargʻona viloyati Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan Qoʻqon shahar "Movarounnahr" koʻchasi hududida buyurtmachi "The Best servise" tomonidan qurilayotgan Talabalar uchun turar joyi obʼektida monitoring oʻtkazildi.

Obʼektda quyidagi qoidabuzarliklar aniqlandi:

  • binoning toʻrtinchi qavatida bajarilgan seysmik belbogʻ karkas xomutlari loyiha hujjatida koʻrsatilgan talab asosida bajarilmagan.
  • obʼektning toʻrtinchi qavatida ichki gʻisht terish ishlarida vertikal choklar qorishma bilan yetarli darajada toʻldirilmagan.
  • mualliflik nazorat ishlari sifatsiz bajarilgan;

Qoidabuzarliklar yuzasidan buyurtmachi tashkilot rahbariga nisbatan obʼektda loyiha talabi buzilganligi uchun "Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisida"gi kodeksning 99-moddasi 1-bandi boʻyicha maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirildi va qoidabuzarliklar bartaraf etilgunga qadar obʼektda qurilish-montaj ishlari toʻxtatildi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid