platina.uz
Jamiyat

Qizil kitobga kiritilgan tojik kavragiga moratoriy joriy etildi

Bu Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 16 fevraldagi "Yaylovlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanishni taʼminlashga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida"gi Farmoniga asosan amalga oshirildi.  

Qizil kitobga kiritilgan tojik kavragiga moratoriy joriy etildi

Taʼkidlash kerakki, hozirgi vaqtda kavrak oʻsimligidan noqonuniy foydalanish mazkur turning kamayib ketishiga sabab boʻlib, uning takror va tabiiy koʻpayishiga salbiy taʼsir oʻtkazmoqda.

Moratoriydan maqsad esa oʻsimlikning tabiiy populyatsiyasi, takror koʻpayishi va qayta tiklanishini taʼminlashdir.
3 yilga moʻljallangan moratoriy davrida yovvoyi holda oʻsuvchi tojik kavragidan foydalanganlik holatlari aniqlanganda qonuniy choralar koʻriladi. Shuningdek, kavrak oʻsimligining Oʻzbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan hamda kiritilmagan barcha turlaridan tegishli ruxsatnomasiz foydalanish (tabiatdan ajratib olish, yigʻish, kesish, zarar yetkazish, nobud qilish) va sotish yuzasidan qatʼiy nazorat oʻrnatiladi.

Maʼlumot uchun, kavrak (Ferula) selderdoshlar oilasiga mansub boʻlib, koʻp yillik oʻt oʻsimlik hisoblanadi. Uning yer yuzida 160 dan ziyod, Oʻrta Osiyo respublikalarida 104 ta, Oʻzbekistonda esa 50 dan ziyod turlari uchraydi.

Kavrakning yelim-smolasi xalq tabobatida tomir tortishi, oʻpka sili, oʻlat, zaxm, koʻk yoʻtal, tish ogʻrigʻi, asab va boshqa kasalliklarga qarshi dori hamda quvvat beruvchi vosita sifatida qoʻllaniladi.

Telegramda kuzatib boring!
© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid