platina.uz
Jamiyat

Poytaxtda “garmoshka” avtobusning “tomi” tushib ketishi tafsilotlari ochiqlandi

"Toshshahartransxizmat" AJ voqea sabab hech kim tan jarohati olmaganini maʼlum qildi.

Poytaxtda “garmoshka” avtobusning “tomi” tushib ketishi tafsilotlari ochiqlandi

Tarmoqlarda avtobusning tom qismida joylashgan gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasi yoʻlning qatnov qismiga tushganligi aks etgan lahalar tarqaldi.

Holat yuzasidan "Toshshahartransxizmat" AJ Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.

Ushbu holat bugun, soat 9:00 da "2-Avtobus saroyi" filiali tasarrufidagi "King Long" rusumli 24-sonli "Yunusobod-6" — "TTZ AShB" yoʻnalishida harakatlanayotgan avtobus Yunusobod tumanida joylashgan "Billur" toʻyxonasining roʻparasida avtobuslar uchun ajratilgan alohida yoʻlakda harakatlanib ketayotgan vaqtda sodir boʻlgan.

Aniqlanishicha, yoʻlning qatnov qismiga shakl boʻlib oʻsgan katta diametri taxminan 50-60 sm boʻlgan daraxt avtobusning tom qismida joylashgan gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplamasiga tegishi natijasida mazkur himoya qoplamasini qoʻporib yuborgan.

Oqibatda avtobusning tom qismi texnik shikastlanib, gaz ballonni himoyalab turuvchi qoplama shikastlangan.

Holat natijasida tan jarohati olganlar mavjud emas.

"Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar obodonlashtirish bosh boshqarmasiga murojaat qilinib, kamchiliklar bartaraf etilgan" deyiladi xabarda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid