Mashina oʻgʻrisi “issiq izidan” qoʻlga olindi
Poytaxtda 20 yoshli fuqaro koʻchada eshiklari ochiq qolgan mashinani oʻgʻirlaganlikda gumonlanib, qoʻlga olindi.

Maʼlum qilinishicha, 18 aprel kuni Uchtepa tumani IIO FMBga 42 yoshli Toxir M. murojaat qilib, koʻchada eshiklari ochiq va kaliti oʻt oldirgichda qarovsiz qoldirilgan “Matiz” rusumli avtomashinasini nomaʼlum shaxs olib qochib ketganligini maʼlum qilgan. Toshkent shahar IIBB tezkor-qidiruv xizmati xodimlari tomonidan koʻrilgan chora-tadbirlar natijasida, avtomashina shu kuni topilib, gumonlanuvchining shaxsi aniqlangan. U 20 yoshli Umidjon R. boʻlib chiqdi.
Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 267-moddasi (Transport vositasini olib qochish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.
"Tergov davom etmoqda", deyiladi xabarda.