platina.uz
Jamiyat

Buxoroda soxta aviachiptalarni sotgan shaxs ushlandi

U fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga "Samarqand — Moskva" aviareysi elektron chiptasini tayyorlab berishni vaʼda qilib, haqiqiy boʻlmagan elektron chiptalarni taqdim qilish orqali ularning har biridan 2.450.000 soʻmdan pul olgan.

Buxoroda soxta aviachiptalarni sotgan shaxs ushlandi

Buxoro viloyatining Peshku tumanida soxta chiptalarni pullagan shaxs ushlandi.

Maʼlum qilishinicha, “Decha“ mahallasida yashovchi 1994 yilda tugʻilgan t.t. qasddan jinoyat sodir qilish yoʻliga oʻtib, 2023 yil 31 mart kuni I.A., hamda I.R. ismli fuqarolarning ishonchiga kirib, ularga "Samarqand — Moskva" aviareysi elektron chiptasini tayyorlab berishni vaʼda qilib, haqiqiy boʻlmagan elektron chiptalarni taqdim qilish orqali ularning har biridan 2.450.000 soʻmdan jami 4.900.000 soʻmlik pul mablagʻlarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritib, firibgarlik jinoyatini sodir qilgan.

Shuningdek, u oʻz jinoiy harakatlarini davom ettirib, R.Z. ismli fuqaroni ham ishonchiga kirib, unga "Samarqand-Moskva" aviareysi elektron chiptasini tayyorlab berishni vaʼda qilib, haqiqiy boʻlmagan elektron chipta taqdim qilish orqali 2.750.000 soʻm pul mablagʻlarini aldov yoʻli bilan qoʻlga kiritgan.

Mazkur holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, hozirgi kunda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Telegramda kuzatib boring!

Tavsiya etamiz

© 2026 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 88 100 11 55 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid