Bugundan poytaxtda favvoralar koʻzni quvnatishni boshladi
Anʼanaga koʻra, bu yilgi mavsumda ham poytaxtdagi favvoralar hamyurtlarimiz va sayohatchilarga issiq havoda xushkayfiyat, salqinlik bagʻishlashni boshladi. Fotoreportajimiz shu haqda.

Yurtimizda 1 may "Favvoralar kuni" sifatida nishonlanadi. Bu haqida qaror 23 aprelda 2014 yilda Oʻzbekiston Vazirlar mahkamasi tomonidan qaror chiqarilgan. 2014 yildan buyon Oʻzbekistonda ushbu kun nishonlanadi.
Anʼanaga koʻra bu yil ham ushbu kun poytaxtdagi favvoralar atrofida hamyurtlarimiz va sayohatchilar issiq havodan saqlanmoqdalar.
Favvoralar shahar havosiga salqinlik bagʻishlaydi.
Aynan shu kuni Respublikasidagi barcha favvoralar oʻz ishini boshlaydi.
Talabalar favvora yonidagi salqin havoda kitob oʻqishmoqda, dam olishmoqda.
Yurtimiz mehmonlari ham sachrayotgan suv tomchilari ostida dam olib ovqatlanishmoqda.
Fazilat MIRZAAHMADOVA tayyorladi