Bugundan oshirilgan ish haqlari uchun byudjetidan 8,1 trln soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi – Iqtisodiyot va moliya vazirligi
Prezidentning "Ish haqi, pensiyalar va nafaqalar miqdorini oshirish toʻgʻrisi"dagi farmoniga koʻra, 1 maydan byudjet tashkiloti xodimlarining ish haqi miqdori 7 foizga oshiriladi.

Natijada, byudjet tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan 2 mln nafardan ortiq xodimlarning ish haqi miqdori oshiriladi. Buning uchun 2023 yilda davlat byudjetidan 8.1 trln. soʻm mablagʻ yoʻnaltiriladi.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq 1 apreldan pensiya va nafaqalar, 1 maydan esa byudjet tashkilotlari xodimlari oyligi oshirilish haqida xabar bergandik.