platina.uz
Jamiyat

Bir oy avval belgilangan tezlik oʻz kuchida, oʻzgartirishlar kiritilmagan

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti ijtimoiy tarmoq vakillaridan turli taxmin va mish-mishlardan iborat asoslantirilmagan maʼlumotlarni tarqatmaslikni soʻramoqda.

Bir oy avval belgilangan tezlik oʻz kuchida, oʻzgartirishlar kiritilmagan

Tarmoqlarda transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 km etib belgilandi mazmunida xabarlar tarqaldi.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti ushbu xabarlarga munosabat bildirdi.

Unda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 28 fevraldagi Farmoniga koʻra, 1 apreldan boshlab Toshkent va Nukus shaharlarida hamda viloyatlar va tumanlarning markazlarida transport vositalari harakatlanishining eng yuqori tezligi soatiga 70 kilometrdan 60 kilometrgacha tushirilishi belgilangani maʼlum qilingan.

Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 3 apreldagi 140-son Qarori bilan Yoʻl qoidalariga oʻzgartirish kiritilgan.

“Ushbu qoida hozir amalda. Ijtimoiy tarmoq vakillaridan turli taxmin va mish-mishlardan iborat asoslantirilmagan maʼlumotlarni tarqatmasliklarini soʻraymiz", demoqda Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamenti Yoʻl harakati xavfsizligi xizmati.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid