Xorijda ovoz berish haqida maʼlumot berildi
Tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Bahromjon Aʼloyev ayni paytda boʻlib oʻtgan brifingda 40 ta xorijiy davlatda 1003 ta joyda referendum uchastkalari tashkil etilganini maʼlum qildi.

19-26 aprel kunlari muddatidan oldin ovoz berish jarayonlari boʻlib oʻtdi. Xususan, 40 ta xorijiy davlatda 1003 ta joyda referendum uchastkalari tashkil etildi.
Bahromjon Aʼloyevning qayd etishicha, xorijiy mamlakatlarda 500 dan ziyod brifing oʻtkazilgan. Qolaversa, chet el televideniyelariga Oʻzbekiston MTRKning bir qator xodimlari yuborildi va xorijda boʻlib oʻtayotgan saylov jarayonlari MTRKning tegishli kanallarida toʻgʻridan-toʻgʻri efirga uzatilmoqda.
Keyingi brifing soat 11:00 da boʻlib oʻtadi. Unda Ichki ishlar vazirligidan tegishli mutasaddilar tomonidan referendum paytida xavfsizlik va boshqa jarayonlar haqida qoʻshimcha maʼlumot beriladi.