Tarixiy jarayon boshlandi
Bugun Oʻzbekistonda umumxalq referendumi boʻlib oʻtadi. Unda Konstitutsiyaga oʻzgartirishlar kiritish boʻyicha xalq munosabati oʻrganiladi.

Referendum aslida tarixiy jarayon. Chunki har doim ham yoki maʼlum bir muddatda boʻlavermaydi. Xalq taqdiriga daxldor siyosiy oʻzgarishlar yuz bersagina, referendum oʻtkaziladi.

Bugun ana shunday kun. Shu bilan yana qachon referendum boʻlib oʻtishi hozircha nomaʼlum, oʻtkazilmasligi ham mumkin.
Ovoz berish jarayonlari butun Oʻzbekiston boʻylab soat 8:00 dan boshlandi va kech soat 8:00 ga qadar davom etadi.

Markaziy saylov komissiyasi esa jarayonlar haqida har soatda hisobot berib turishi belgilangan.




