Referendumga ovoz berish tartibi qanday?
Ovoz berish referendum kuni soat 8:00 dan 20:00 gacha oʻtkaziladi.

1.Fuqaro ovoz berish binosiga kelgach, uchastka komissiyasi aʼzosiga oʻz shaxsini tasdiqlovchi hujjatni koʻrsatadi.
2.Ovoz beruvchi fuqarolar roʻyxatiga imzo qoʻyadi.
3.Fuqaroga ovoz berish byulleteni beriladi.
4.Byulleten ovoz beruvchi tomonidan yashirin ovoz berish kabinasi yoki xonasida toʻldiriladi.
5.Fuqaro byulletenda referendumga qoʻyilayotgan masala boʻyicha oʻzi ovoz berayotgan variant roʻparasida, oʻng tomonda joylashgan boʻsh kvadratga «➕» yoki ««✔️» yoxud «X» belgisini qoʻyadi.
6.Byulletenni toʻldirgandan keyin fuqaro uni ovoz berish qutisiga tashlaydi.
7..Byulletenni qutiga tashlaganidan soʻng ovoz beruvchi chiqish tomon yoʻl oladi.
Biolletenni toʻldirish vaqtida ovoz beruvchidan
boshqa shaxslarning kabina yoki xonada xozir boʻlishi taqiqlanadi.
Fuqaro byulletenni mustaqii toʻldirish imkoniga ega boʻlmasa, oʻz koxishiga koʻra, referendum oʻtkazuvchi komissiya tarkibiga kiradigan shaxslardan, kuzatuvchilardan boshqa biron kishini kabina yoki xonaga taklif qilishga haqli.
Ayrim fuqarolar sogʻligining holatiga yoki boshqa sabablarga koʻra ovoz berish binosiga kela olmagan takdirda, ularning iltimosiga koʻra referendim oʻtkazuvchi uchastka komissimsi ovoz berishni ana shu fuqaro turgan joy boʻyicha, koʻchma ovoz berish qutilaridan foydalanib tashkil etadi.




