Referendumda saylovchilarning 73,17 foizi ovoz berdi
Soat 15:00 ga qadar aholining 14 mln. 206 ming 021 nafari, yaʼni 73,17 % qismi ovoz berib boʻldi.

Bugun soat 13:00 ga qadar aholining 12 mln. 83 ming 105 nafari, yaʼni 62,24 % qismi ovoz berib boʻlgani maʼlum qilingandi. Bu koʻrsatkich esa referendum oʻtdi, deb hisoblanishi uchun yetarli natija ekanligi taʼkidlangan.