platina.uz
Siyosat

Qonunbuzilish holatlari hozircha kuzatilmadi — IIV

Markaziy saylov komissiyasi tomonidan tashkil etilgan matbuot markazida Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari Bekmurod Abdullayev ishtirokida brifing boʻlib oʻtdi.

Qonunbuzilish holatlari hozircha kuzatilmadi — IIV

Unda referendum payti qonunbuzilish va koʻngilsiz holatlar kuzatilmagani aytib oʻtildi.

Qayd etilishicha, referendum uchastkalarining xavfsizligini taʼminlash va qonun buzilish holatlarining oldini olish uchun 30 954 nafar huquq-tartibot organi xodimlari ishga jalb etilgan. Ularga ovoz berish jarayoniga aralashmaslik tushuntirilgan.

Agar qonun buzilish holatlari aniqlansa, xodim qoʻriqlayotgan uchastka joyini tark etmasdan yuqoriga axborot beradi, OAV faoliyatiga aralashuv va shunga oʻxshash holatlar sodir boʻlsa, bartaraf etadi.

Eslatib oʻtish joiz, bunday jarayonlarda qonun buzilishiga amaldagi qonunchilikka koʻra maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan.

Shu jumladan, 383 nafar xorijiy kuzatuvchilar hamda 192 nafar xorijiy OAV vakillarining ham xavfsizligi nazorat ostida.

Qamoqda saqlash joylarida ushlab turilgan, qamoqqa olingan mahkumlar ham ishtirok etmoqda. Referendumga 60 kun qolganidan boshlab 18 ta maxsus referendum uchastkalari tashkil etilib, bunda 9679 nafar mahkumlar ovoz berishdan foydalanishdi.

Keyingi brifing Markaziy saylov komissiyasi tomonidan oʻtkaziladi. Unda referendum jarayonining ilk raqamlari eʼlon qilinadi.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid