Ovoz bergan saylovchilar 81,39 % ni tashkil etdi
Soat 17:00 ga qadar aholining 15 mln. 802 ming 95 nafari, yaʼni 81,39 % qismi ovoz berib boʻldi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi raisi oʻrinbosari Bahrom Qoʻchqorov maʼlum qildi.

Eslatib oʻtamiz: soat 15:00 ga qadar aholining 14 mln. 206 ming 021 nafari, yaʼni 73,17 % qismi ovoz berib boʻlgandi.
Bugun soat 13:00 ga qadar aholining 12 mln. 83 ming 105 nafari, yaʼni 62,24 % qismi ovoz bergani maʼlum qilingani holda bu koʻrsatkich referendum oʻtdi, deb hisoblanishi uchun yetarli natija ekanligi taʼkidlangan.