Kasalligi tufayli referendumga bora olmasa, nima boʻladi?
Matbuot markazida Markaziy saylov komissiyasi raisi Zayniddin Nizomxoʻjayev referendum boshlanishiga oid brifingda maʼlumot berdi.

Qayd etilishicha, ovoz berish byulletenida bitta savol: "Konstitutsiyaviy qonunni qabul qilasizmi?" deb yozilgan boʻladi.
Qolaversa, Markaziy saylov komissiyasi va uchastkalar oʻrtasida kun davomida muntazam aloqalar oʻrnatilgani, bir qator yurtdoshlarimiz muddatdan oldin ovoz berish huquqidan foydalanilgani ham aytib oʻtildi.
Referendum okruglarida fuqarolarni biometrik indentifikatsiya qilish tizimi joriy etildi. Aytilishicha, ovoz berish qonunchilik va xalqaro talablarga toʻla mos tarzda boʻlib oʻtmoqda.
Shuningdek, ovoz berish jarayonlarida fuqarolarga hech kim, hech qanday taʼsir koʻrsatishga haqli emas. Har bir fuqaro bir ovozga ega. Ayrim fuqarolar salomatligiga toʻgʻri kelmasdan, referendum uchastkalariga kela olmagan taqdirda, koʻchma ovoz qutisi orqali oʻsha fuqaroning uyiga boriladi va ovoz beriladi.
Referendumni 383 nafar xalqaro va 143 mingdan ziyod mahalliy kuzatuvchilar nazorat qilib bormoqda.