platina.uz
Jamiyat

24 yoshli yigit Jizzaxda imkonsizlikdan imkon yaratdi

120 million miqdorda kredit olib, paypoq ishlab chiqarayotgan Firdavs Dadajonov bir yil boʻlmasdanoq mahsulotlarini Qozogʻiston va Tojikistonga eksport qila boshlagan. 

Jizzax viloyati Mirzachoʻl tumanining Bogʻbon qishlogʻida paypoq sexi ish boshlaganiga 4 oydan oshdi. Avvallari oʻz mahallasida ish yoʻqligi sababli, poytaxt bozorlarida sotuvchilik qilgan 24 yoshli yigit mahallasidagi yoshlar yetakchisi koʻmagi bilan imkonsizlikdan imkon yaratdi.

Firdavs DADAJONOV:
– 120 million miqdorda kredit oldik. Yoshlar yetakchisi bizga joy bilan kredit olishgacha yordam berdi.
Biz asosan erkak va ayollar paypogʻi ishlab chiqaramiz. Sutkasida 4 ta uskunada 800-1000 tagacha paypoq ishlab chiqariladi.
Eksportga ham oʻtdik. Qozogʻiston, Tojikistonga eksport qilyapmiz. Paypoqlarimiz sifati yaxshi boʻlgani uchun eksportga ham chiqishimiz oson boʻldi.

24 soat mobaynida ish toʻxtamaydigan ushbu sexda Firdavsning oila aʼzolaridan tashqari yana 3 nafar ishchi ham ishlaydi. Ishchilar ham begona emas, oʻzining doʻstlari.

14-30 yoshdagi 785 nafar yosh ishlaydigan ushbu mahalladagi yoshlar yetakchisi tadbirkorlikka qiziquvchi yoshlarni qoʻllab-quvvatlashga tayyor. Chunki paypoq sexi yaxshi natija berdi.

Maʼlum qilinishicha, mahallada chet elda migrant boʻlib ishlayotganlar 91 nafarni tashkil etadi.
– Ularni Oʻzbekistonga qaytarib olish uchun hokim yordamchisi bilan birgalikda hamkorlik qilib, imtiyozli kreditlarni yoshlarga koʻproq jalb qilib, hozirgi kunga qadar 12 nafarini Oʻzbekistonga qaytarib chaqirdik, deydi mahalla yoshlar yetakchisi Sardor TOʻLAGANOV.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid