platina.uz

Toshkent shahrini maktab oʻquvchisi sotuvga qoʻygani maʼlum boʻldi

U bu ishni shunchaki hazil uchun qilganini, bunday salbiy muhokamalar keltirib chiqarishi mumkinligini oʻylab koʻrmaganini qayd etdi.

Jamiyat
28-aprel 2023 yil
Toshkent shahrini maktab oʻquvchisi sotuvga qoʻygani maʼlum boʻldi

15 yoshli A.A. "OLX" savdo platformasida "Toshkent shahri sotiladi!" mazmunida eʼlon joylashtirgan va uning boshlangʻich narxini 250 milliard AQSh dollari deb belgilagan.

Ushbu eʼlon koʻpchilikning diqqat markazida boʻlib, turli muhokamalarga sabab boʻlgandi.

"OLX" savdo platformasi bosh direktori Doniyorbek Turgʻunovning aytishicha, eʼlon bir necha daqiqadan soʻng bloklangan. Mutaxassis foydalanuvchilardan eʼlonlarni joylashtirishda barcha maʼlumotlar toʻgʻri va haqqoniy boʻlishiga eʼtibor qaratishlarini soʻragan.

Olib borilgan surishtiruv natijalarida, ushbu eʼlonni 8-cinf oʻquvchisi qoʻyganligi maʼlum boʻldi. Uning aytishicha, u bu ishni shunchaki hazil uchun qilganini, bunday salbiy muhokamalar keltirib chiqarishi mumkinligini oʻylab koʻrmaganini qayd etgan.

© 2024 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+