platina.uz

Sirdaryolik xonandani chuv tushirishdi

"Vodiy sadosi" radiosida ishlovchi shaxs sifatida tanishtirib, sirdaryolik xonandaning ishonchiga kirib, firibgarlik yoʻli bilan  2 mln 800 ming soʻm pulni olgan yigit aniqlandi.

Jamiyat
28-aprel 2023 yil
Sirdaryolik xonandani chuv tushirishdi

Sirdaryolik xonandani chuv tushirgan shaxs aniqlandi. Bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 24 mart kuni Sirdaryo tumani A.Temur koʻchasida yashovchi 39 yoshli X.Sh. ariza bilan murojaat qilib, unda nomaʼlum boʻlgan shaxs uning telefon raqamiga qoʻngʻiroq qilib, oʻzini “Vodiy sadosi” radiosida ishlovchi “Muzaffar Ochilov” deb tanishtirgan.

Uning qoʻshiqlarini radioda reklama qilib berish evaziga undan ikki marotaba 1.200.000 soʻmdan jami 2.400.000 soʻm hamda "ZO'R TV" kanaliga chiqarib berish uchun 400.000 soʻm pullarini 9860 60 **** 3895 raqamli plastik kartasiga tashlash yoʻli bilan qoʻlga kiritganligidan soʻng vaʼdasiga koʻra uning qoʻshiqlarini radioda reklama qilib bermasdan aldab ketganligini va uni soʻrab surishtirgan vaqtida oʻzini “Muzaffar Ochilov” deb tanishtirgan shaxs radio sohasida ishlamasligini bilganligini maʼlum qilib, ushbu shaxsni aniqlashda va pullarini undirib berishda amaliy yordam soʻragan.

Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari natijasida, “Muzaffar Ochilov” deb oʻzini tanishtirgan shaxs aslida hech qayerda ishlamaydigan, Andijon viloyatida yashovchi 28 yoshli Yu.O. ekanligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Yu.O.ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 168-moddasi 3-qismi “b” bandi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+