platina.uz
Jamiyat

Narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

Giyohvandlik vositalari savdosiga qarshi kurashish borasida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Bojxona qoʻmitasi va Ichki ishlar organlari bilan hamkorlikda bir nechta tezkor tadbir oʻtkazildi.

Narkotik moddalarning noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi

Xususan, 1969 yilda Buxoro viloyatida tugʻilgan, muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan shaxs Surxondaryo viloyatining Denov shahrida istiqomat qiluvchi, 2001 y.t. tanishi oziq-ovqat mahsulotlari solingan karton quti ichiga yashirgan holda, “Denov-Toshkent” yoʻnalishida qatnovchi mashina orqali berib yuborgan 300 gr. “opiy” moddasini Chilonzor tumanida qabul qilib olgan vaqtida ushlandi.

Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, Denov shahrida yashovchi fuqaro ham ushlanib, uning uyidan 500 gr. “opiy” moddasi protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Toshkent viloyatining Bekobod shahrida joylashgan “Farhod” chegara-bojxona postida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa Tojikiston Respublikasining Dushanbe shahrida yashovchi, 1982 y.t. ayol 1 kg 210 gr. va uning 2004 y.t. qizi 744 gr. “gashish” moddasini oʻz egnidagi kiyimlari ostiga yashirib, bojxona nazoratidan oʻtkazishga uringanlarida qoʻlga olindi.

Toshkent shahrining Olmazor tumanida qayd etilgan holatda 1993 y.t., muqaddam giyohvandlik vositalari bilan bogʻliq jinoyati uchun sudlangan shaxsning yonida 5 gr., yashash xonadonida esa 649 gr. “gashish” moddasi borligi aniqlanib, ashyoviy dalil sifatida rasmiylashtirib olindi.

Yana bir holatda Toshkent shahrida yashovchi, 1986, 1987 va 1990 yillarda tugʻilgan 3 nafar fuqaro ketayotgan “Lasetti” rusumli avtotransport vositasi Bektemir tumani hududida toʻxtatilib, koʻzdan kechirildi.

Natijada, avtomashina saloni va yukxonasida 698 dona “Tropikamid” va 115 dona “Regapen” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari hamda 7 gr. “Mefedron” sintetik narkotik moddasi borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, avtomashina egasining yashash xonadonidan 497 dona “Regapen” dori vositasi ashyoviy dalil sifatida olindi.

Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid