platina.uz
Jamiyat

"Mening yoʻlim" loyihasining taklif kiritish bosqichi jarayoni yakunlandi

Respublika boʻyicha 10 317 ta tashabbusli taklif roʻyxatga olindi. Kiritilgan takliflarga ovoz berish jarayoni 7 may kuni soat 18:00ga qadar davom etadi.

"Mening yoʻlim" loyihasining taklif kiritish bosqichi jarayoni yakunlandi

27 aprel kuni soat 18-00da "Ochiq byudjet" axborot portalida eʼlon qilingan "Mening yoʻlim" loyihasining joriy yilgi mavsumiga taklif kiritish jarayoni yakunlandi.

Tuman (shahar) byudjetlarida hududiy ichki yoʻllarni taʼmirlash uchun rejalashtirilgan mablagʻlarning kamida 50% qismini fuqarolar fikri asosida yoʻnaltirilishini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan loyihaning ushbu mavsumi uchun respublika boʻyicha 10 317 ta tashabbusli taklif roʻyxatga olindi.

Kiritilgan takliflarga ovoz berish jarayoni bugundan boshlanib, 7 may kuni soat 18:00 ga qadar davom etadi.

Eslatib oʻtamiz, "Mening yoʻlim" loyihasining joriy yilgi mavsumini moliyalashtirish uchun byudjetdan 312 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ ajratilgan.

© 2025 Platina.uz. Barcha huquqlar himoyalangan. «Platina.uz» saytida joylangan ma'lumotlar muallifning shaxsiy fikri. Saytda joylangan har qanday materiallardan yozma ruxsatsiz foydalanish ta'qiqlanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan 02.12.2022 sanasida №051412 sonli guvohnoma bilan OAV sifatida roʻyxatga olingan.
Platina.uz saytida reklama joylashtirish masalasida +998 97 022 01 10 telefon raqamiga (Telegram: Platina PR) murojaat qiling. Tahririyat bilan aloqa: info@platina.uz
18+

Ilovamizni yuklab olish

iOSAndroid