Cirdaryoda hojatxonadan telefonni olib chiqmoqchi boʻlgan oilaning uch nafar aʼzosi halok boʻldi
Viloyat prokuraturasi xabar berishicha, fuqarolarning oʻlimiga nomaʼlum etiologiyali zaharlanish sabab boʻlgan.

Tarmoqlarda Sirdaryo viloyati Sardoba tumanida hovlidagi hojatxonadan telefonni olmoqchi boʻlgan bir oilaning uch nafar aʼzosi halok boʻlgani haqida xabar tarqaldi.
Viloyat prokuraturasi holat yuzasidan maʼlumot berdi.
Maʼlum qilinishicha, 2023 yilning 27 aprel kuni Sardoba tumani "Fayzliobod" mahallasida yashovchi fuqarolar M.A., A.A. hamda A.K. yashash xonadonining hojatxonasiga hech qanday ehtiyotkorlik choralarini koʻrmasdan tushib, baxtsiz hodisa tufayli vafot etgani aniqlangan.
Maʼlumot uchun, uy egasi A.K.ning qoʻl telefoni hojatxonaga tushib ketgani sababli uning otasi va ukasi birgalikda telefonni olib chiqish vaqtida hojatxona chuquriga tushib ketgan. Fuqarolarning oʻlimiga nomaʼlum etiologiyali zaharlanish sabab boʻlgan.
Mazkur holat yuzasidan Sirdaryo viloyat prokurori boshchiligidagi ishchi guruh voqea joyini koʻzdan kechirib, tegishli tartibda bayonnomalar rasmiylashtirgan.
Hozirda ushbu holat yuzasidan tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.