Boks. Oʻzbekiston terma jamoasining JCh-2023da ishtirok etadigan tarkibi eʼlon qilindi
Terma jamoaning yakuniy roʻyxatidan 13 nafar bokschi joy oldi.

Oʻzbekiston terma jamoasining jahon chempionatida ishtirok etadigan tarkibi aniq boʻldi.
Xabaringiz bor, 30 aprel - 14 may kunlari Toshkent shahri ilk bor kattalar oʻrtasidagi jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.
Terma jamoamiz murabbiylar shtabi jahon chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladigan bokschilarimiz nomini aniqlab oldi.
Unga koʻra, oʻz yurtimizda oʻtkaziladigan jahon birinchiligida ishtirok etish baxtiga quyidagi bokschilarimiz sazovor boʻlishadi:
-48 kg: Shodiyorjon Meliqoʻziyev
-51 kg: Hasanboy Doʻsmatov
-54 kg: Oybek Joʻrayev
-57 kg: Abdumalik Xalokov
-60 kg: Mujibillo Tursunov
-63,5 kg: Ruslan Abdullayev
-67 kg: Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev
-71 kg: Saidjamshid Jafarov
-75 kg: Aʼloxon Abdullayev
-80 kg: Jasurbek Yoʻldoshev
-86 kg: Shohjahon Abdullayev
-92 kg Lazizbek Mullojonov
+92 kg: Bahodir Jalolov